7 noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar doirasida tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Universitetning “Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi” bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mahorat darsi “Migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Milliy markaz xodimi ayni mavzuda ma’ruza qildi. Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 07.11.2023
- Ko'rishlar: 3281
- Chop etish