Bu tartib haqida O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etildi.
Qaror bilan shaxslarning bank kartalaridagi pullarini talon-toroj qilinishini to‘xtatish maqsadida banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlarini joriy etish hamda firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilishlarini texnik (imkonsiz qilish) cheklash kabi choralar belgilandi.
Joriy yildan boshlab, har yili bir oy davomida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot oyligini o‘tkazish hamda tashviqot ishlari sohaga oid barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan faol tarzda olib borish orqali aholining raqamli immuniteti va ogohligini oshirishning doimiy tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA
- Qo'shildi: 06.05.2025
- Ko'rishlar: 69
- Chop etish