Hurmatli ishtirokchilar!

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” mavzusidagi milliy tanlovga arizalar qabul qilish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi. Tanlov davomida 5 ta nominatsiya bo‘yicha mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari, loyihalari va tashabbuslarini taqdim etdi. Sizning faolligingiz, izlanishingiz hamda inson huquqlariga bo‘lgan e’tiboringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

 

 Muhim ma’lumot:

Nizom talablariga ko‘ra, biror nominatsiya bo‘yicha 3 tadan kam ariza kelib tushgan taqdirda, ushbu nominatsiya doirasida tanlov o‘tkazilmaydi. Shu bois “Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi darslik” nominatsiyasida 2 ta ariza kelib tushganligi sababli tanlov o‘tkazilmadi.

Hozirda, Hakamlar hay’ati boshqa nominatsiyalar bo‘yicha kelib tushgan materiallarni ko‘rib chiqmoqda. Natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi hamda g‘olib deb topilgan ishtirokchilarga alohida tartibda xabardor qilinadi.

 

“Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi bilimdon” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov  2-bosqichda o‘tkaziladi:

 

1-bosqich: Viktorina shaklida:

-  ishtirokchilar inson huquqlariga oid 25 ta test savollariga javob berishlari lozim.

- testlarning barchasiga to‘g‘ri javob bergan 15 nafar ishtirokchi (agar g‘oliblar 15 nafardan ortiq bo‘lgan taqdirda, tasodifiy raqamlar generatori (randomayzer) asosida aniqlanadi) 2-bosqichga tavsiya qilinadi.

1-bosqich sanasi: 25-noyabr, soat 10:00 — 15:00 ga qadar

 

2-bosqich: Suhbat shaklida:

-  ishtirokchilarga hakamlar hay’ati tomonidan biletlar taqdim qilinadi. Har bir biletda 3 tadan savol mavjud;

-   savollar inson huquqlarining turli sohalariga oid mavzulardan shakllantiriladi;

-  har bir javob 10 ballik tizimda baholanadi;

-  ayyorlanish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi;

2-bosqich sanasi: 27-noyabr 15:00 da Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz binosida (Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi 15.)

 

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb e’tirof etiladi. G‘oliblar qimmatbaho (televizor, planshet, telefon) sovg‘alar va maxsus diplom bilan mukofotlanadi.

Eslatma: Tanlovda faqat “bitta akkaunt” orqali ishtirok etish mumkin. Turli akkauntlardan kirib qatnashish holati aniqlangan taqdirda, ishtirokchi natijasidan qat’i nazar tanlovdan chetlashtiriladi.

Tanlov g‘oliblari dekabr oyida “Inson huquqlari o‘n kunligi” doirasida tashkil etiladigan tadbirda tantanali ravishda taqdirlanadi.

Yana bir bor barchangizga faol ishtirokingiz uchun tashakkur!

Powered by GSpeech