“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi magistratura talabalari bilan uchrashuv bo‘ldi

Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va tarbiya – inson hayoti mobaynida davom etadigan va turli yoshdagi insonlarga tegishli bo‘lgan izchil va tizimli ma’rifiy jarayondir. O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi ta’lim masalasi taraqqiyot dasturimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha uzluksiz tizim yaratilgan.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 66-bandiga asosan 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Bosh prokuratura Akademiyasi hamkorlikda «Inson huquqlariga oid xalqaro huquq» mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistraturaga (konsorsium) qabul amalga oshirilmoqda.

Joriy o‘quv yilida 10 nafar magistrant o‘qishga qabul qilindi. 2021 yil 15 dekabrda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan ana shu magistrantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv doirasida magistrantlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati bilan tanishdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech