Moskva shahrida “Rossiya Federatsiyasining OAV bo‘yicha qonunchiligining 30 yilligi: natija va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Videokonferens aloqa shaklida o‘tayotgan tadbirda ommaviy kommunikatsiyalar sohasida huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolari, inson huquqlari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari ko‘rib chiqilyapti.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A.Saidov ishtirok etdi va ma’ruza qildi.
Konferensiyada shuningdek, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida yaratilgan mulkni muhofaza qilish va tijoratlashtirishning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.
- Qo'shildi: 22.12.2021
- Ko'rishlar: 2882
- Chop etish