2022 yil 8 fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Shveysariyaning Favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.
Shveysariya Elchisi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash sohasida erishilgan natijalarga yuksak baho berdi.
Tomonlar keyingi o‘ttiz yil davomida O‘zbekiston bilan Shveysariya o‘rtasida manfaatli hamkorlik aloqalari izchil davom etayotganini e’tirof etdilar. Ushbu hamkorlikning o‘zaro hurmat-ehtirom va tenglik asosida amalga oshirilayotgani munosabatlarni har tomonlama strategik sheriklik darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati bilan birga, isiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar inson huquqlari sohasidagi ta’lim yo‘nalishida amaliy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan fikr almashdilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 09.02.2022
- Ko'rishlar: 3232
- Chop etish