O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida
2022 yilning 17 fevral kuni 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura, 12.00.08 – Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish bo‘yicha navbatdagi tanlov o‘tkazildi.
Suhbatda Bosh prokuratura Akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizligi universitetining yetakchi olim va mutaxassislari ishtirok etdi.
Suhbatda talabgorlarning sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasidagi bilimlari, ilmiy izlanishlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalari, shuningdek tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi
- Qo'shildi: 18.02.2022
- Ko'rishlar: 2892
- Chop etish