Milliy markazda Fridrix Ebert fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘ldi

2022 yil 17 mart kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Fridrix Ebert fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari B.Rajabov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Milliy markaz bilan F.Ebert fondi vakolatxonasi o‘rtasida inson huquqlari sohasida 2022 yilda amalga oshiriladigan o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech