“Inson huquqlari uyi” tashkil etildi

“Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika taʼminotini yanada yaxshilash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–180-son, 25.03.2022-y.) qabul qilindi

Qaror bilan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazida Inson huquqlari boʻyicha axborot-kutubxona markazi – “Inson huquqlari uyi” tashkil etildi.

Shuningdek, Markazga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

➖inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, oʻquv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi toʻplamlari doimiy chop etilishini taʼminlash;

➖inson huquqlarini taʼminlashga oid islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari boʻyicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.

Manba: “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech