"Yangi O`zbekiston va Prezidentining mintaqaviy va global ahamiyatli xayrli tashabbuslarini yaxshi bilamiz" – Minxas Majid Xon
Minxas Majid Xon,
Peshavor universiteti professori (Pokiston):
— Bugungi globallashuv zamonida dunyo xalqlari madaniyati va azaliy qadriyatlarini saqlash, ularni ezgulik sari yo`naltirishda diniy savodxonlik tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Boisi, din niqobi ostida turli xurujlar urchimoqda. Bunday vaziyatda esa, tabiiyki, insoniyat asosan e`tiqod mustahkamligiga tayanadi. Ayniqsa, yoshlar ta`lim-tarbiyasiga jiddiy e`tibor qaratish lozim.
Ta`kidlash joizki, Pokistonda ham madaniyatlararo diniy savodxonlik masalasi, diniy ekstremizm, separatizmning ayanchli oqibatlari haqida targ`ibot ishlariga alohida e`tibor qaratiladi. O`z navbatida, global xavfsizlik masalasi kun tartibida turgan bugungi davrda turli din vakillari o`rtasida o`zaro hamjihatlikni ta`minlash, osoyishta hayot qadrini anglashga urinish kabi chora-tadbirlar ham hech eskirmas mavzudir.
Shu ma`noda, bugungi muloqot har bir ishtirokchi davlat uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini anglash qiyin emas. Yangi O`zbekiston va Prezident Shavkat Mirziyoevning mintaqaviy va global ahamiyatli xayrli tashabbuslarini yaxshi bilamiz. Bu dunyo yoshlarini ezgu maqsad yo`lida birlashtirish, ekologiyani asrab-avaylash, kambag`allikni ilg`or tajribalar asosida tugatish, diniy konfessiyalararo muloqotlarni jipslashtirish, vijdon erkinligini ta`minlash kabi bir qator tashabbuslar qanotida o`z aksini topadi. Eng muhimi, ana shu ezgu tashabbuslar dunyo hamjamiyati va xalqaro nufuzli tashkilotlar tomonidan ham qizg`in qo`llab-quvvatlanib, bugan ularning amaliy natijalarini seza boshladik.
- Qo'shildi: 18.05.2022
- Ko'rishlar: 2749
- Chop etish