Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

2022 yil 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis palatalari Kengashlari a’zolari, deputatlar, senatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qo‘shma majlisda mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishga oid choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan bog‘liq jamiyatni barpo etish g‘oyasi xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Majlisda so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi, yangi qonunlarni ishlab chiqish
va amaldagilarga zamon talablariga mos ravishda qo‘shimcha
va o‘zgartirishlar kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini jamiyatdagi bugungi real voqelikka moslashtirishni taqozo etayotgani alohida aytib o‘tildi.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng ko‘lamli vazifalar, xususan, adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi ulug‘vor maqsadlar bu borada zarur huquqiy asosni ta’minlovchi konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish ehtiyojini kun tartibiga ko‘ymoqda.

Bosh qomusimizdagi o‘zgarishlar “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam poydevordir.

Yig‘ilishda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tarkibi va vazifalari belgilandi.

Komissiyaning tarkibiga jamiyatimizning turli qatlamlaridan, xususan, deputatlar, senatorlar, barcha hududlardan vakillar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yetuk huquqshunos, siyosatshunos va boshqa ekspertlar kiritildi.

Majlisda senator va deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha bir qator fikr-mulohazalar bildirildi.

Konstitutsiyaviy komissiya o‘z faoliyatini “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan g‘oya asosida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda olib borishi, keng jamoatchilik vakillari hamda xalqimizning taklif va fikrlari asosida shakllantirishi lozimligi ta’kidlandi.

Komissiyaga o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni olish borasida vazifalar qo‘yildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy
chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya

TARKIBI

 

 

 

 

1.                  

SAIDOV
Akmal Xolmatovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, yu.f.d., professor, akademik, komissiya raisi

2.                  

KAMALOV
Murat Kallibekovich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

3.                  

BURXANOV
Kutbidin Nukritdinovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi, Toshkent viloyati, komissiya raisi o‘rinbosari

4.                  

XAITOV
Aktam Axmadovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, fraksiya rahbari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi raisi, i.f.n. komissiya raisi o‘rinbosari

5.                  

QODIROV
Alisher Keldievich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, fraksiya rahbari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi, komissiya raisi o‘rinbosari

6.                  

TOJIEV
Odiljon Fotihjon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, komissiya matbuot kotibi

Yig‘ma axborot-tahlil ishchi guruhi

7.                  

RAXMANKULOV
Mir-Akbar Xodji-Akbarovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, yu.f.d., professor,
guruh rahbari

8.                  

ChO‘LLIEV
Shuxrat Askarovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi o‘rinbosari,

Buxoro viloyati

9.                  

XUSANOVA
Muxtabar Akbarovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, yu.f.n.

10.             

XAKIMOV
Raxim Rasuljonovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, yu.f.d., professor

11.             

MIRAKULOV
Mirafzal Mirodilovich

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Huquq yo‘nalishidagi ilmiy-texnik Kengash raisi o‘rinbosari, yu.f.d., professor

12.             

MUXTOROV
Nodir Ilxomjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, yu.f.n.

13.             

ISMAILOVA
Gulnoza Saydiganixodjaevna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, yu.f.d.

14.             

ABIDXO‘JAEV
Umid Kutpitdinovich

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d.

Qonunchilik palatasi deputatlari

15.             

INOYaTOV
Ulug‘bek Ilyasovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, fraksiya rahbari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi, p.f.d., professor

16.             

IBRAGIMOVA

Zuxra Ametovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari

17.             

GAPPOROV
Xayrillo Lutpillaevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari, k.f.n.

18.             

ShIRINOV
Jahongir Jabborovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, yu.f.n.

19.             

NAZAROV
Sharofiddin Xakimovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, i.f.d.

20.             

SALIXOV
Erkin Tagirovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi

21.             

ABDULLAEV
Ilhom Zoirovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, s.f.d.

22.             

BEKMURODOV
Bobur Mansurovich

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi

23.             

PAK
Viktor Nikolaevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi

24.             

JO‘RAEV
Qodir Asadovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, s.f.d.

25.             

POLVANOV
Shuxrat Tagaymuratovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi

26.             

ShADMANOV
Adxam Xursanbaevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi

27.             

KOMPOLShIK
Elena Aleksandrovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi

28.             

ARIPOV

Davron Raximovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi

29.             

KARIMOV
Tulkinjon Payzievich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, s.f.n.

30.             

KUDRATOV
Inomjon Sattarkulovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi

31.             

XUDAYBERDIEV

Zafar Raximovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, i.f.d.

Senat a’zolari

32.             

KADIRXANOVA
Malika Akbarovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi,

Toshkent viloyati

33.             

TAJIEV
Baxadir Sadullaevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi,

Xorazm viloyati

34.             

UMAROV
Nariman Madjitovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi, g-m.f.n.,

Prezident Farmoni

35.             

ALIXANOV
Boriy Batirovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita raisi,

Prezident Farmoni

36.             

RAFIKOV
Kudratilla Mirsagatovich

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi, senator,

Prezident Farmoni

37.             

TURDIEV
Sodiqjon

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasi, senator, O‘zbekiston Qahramoni,

Andijon viloyati

38.             

XALMURADOV
Rustam Ibragimovich

Samarkand davlat universisteti rektori, t.f.d., professor, senator,

Samarqand viloyati

39.             

ANNAKLIChEVA
Gulistan Axmedovna

“Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri, senator,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

40.             

PARDAEV
Nusuratulla Markaevich

Jizzax viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi, senator,

Jizzax viloyati

41.             

NAJMIDDINOV
Ikromxon Xoshimxonovich

Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi

boshlig‘i o‘rinbosari, q-x. f.n., senator,

Namangan viloyati

42.             

BO‘TAEVA
Baxtigul Abraxmatovna

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani
17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, senator,

Surxondaryo viloyati

43.             

ARTUKBAEVA
Xaytxan

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi mas’ul rahbari, senator,

Sirdaryo viloyati

44.             

IRKAEV
Abduraxim Pandjievich

Qarshi davlat universiteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti, f.f.n., senator,

Qashqadaryo viloyati

45.             

ORZIEVA
Dilbar Adizovna

Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi “Yangi zamon bolalalari” oilaviy mehribonlik uyi tarbiyachisi, senator,

Navoiy viloyati

46.             

MARUFOVA
Gulnora Maxmudovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senator,

Prezident Farmoni (Farg‘ona viloyati)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.

 

Powered by GSpeech