Inson huquqlari bo‘yicha o‘quv kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi

2022 yil 20 may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati va mazkur sohada xalqaro majburiyatlarning bajarilishi masalalari” mavzusidagi o‘quv kursi yakunlandi.

Seminarning ikkinchi kuni soha mutaxassislari ishtirokida qator dolzarb mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Xususan, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqini himoya qilish palatasi raisi Boboqul Toshev «Inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda OAV roli», Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova «O‘zbekistonda bola huquqlarini ta’minlash — davlat siyosatining muhim yo‘nalishi», Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bo‘lim boshlig‘i O‘tkir Ochilov «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi ijrosi», AOKA bo‘lim boshlig‘i Sadoqat Aslanova «Axborot jamiyatida inson huquqlarini ta’minlashda so‘z erkinligi muhim indikator sifatida» mavzularida chiqishlar qildi. 

Vazirlik, idora va tashkilotlar matbuot kotiblari seminar mashg‘ulotlari davomida:

  • inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari;
  • inson huquqlarini ta’minlashda parlamentning roli;
  • inson huquqlarini himoya qilishda Ombudsman institutining vazifalari;
  • inson huquqlari va erkinliklari masalalari bo‘yicha milliy ma’ruzalarni tayyorlash, ma’ruzalarning ko‘rib chiqilishi natijalari bo‘yicha xalqaro organlar tavsiyalarini bajarish tartibi;
  • BMT Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyasining mazmun-mohiyati;
  • inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda OAVning roli;
  • O‘zbekistonda bola hukuqlarini ta’minlash – davlat siyosatning muhim yo‘nalishi;
  • Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining ijrosi haqida;
  • axborot jamiyatida inson huquqlarini ta’minlashda so‘z erkinligi muhim indikator kabi mavzularda bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

O‘quv kursi yakunida davlat tashkilotlarida jamoatchilik bilan aloqalar va inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul xodimlarning 40 nafar vakiliga  maxsus sertifikatlar topshirildi. 

          

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech