AOKA direktori «Inson qadri» onlayn platformasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘plami taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda ma’ruza qildi

Bugun «Hilton Tashkent City» mehmonxonasida «Inson qadri» onlayn platformasi hamda «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» to‘plami taqdimotlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda senatorlar, deputatlar, qator davlat idoralari, vazirlik va qo‘mitalar mutasaddilari ishtirok etdi. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov moderatorligidagi tadbirning kirish qismida Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev nutq so‘zladi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev «Taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirish jarayonida erishilgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazishda OAVning rolini oshirish» mazusida ma’ruza qildi.

«7 ta ustuvor yo‘nalish, 100 ta maqsaddan iborat Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi keyingi besh yillikda O‘zbekiston ko‘zlagan maqsad-muddaolarning yagona konseptual hujjati hisoblanadi, — dedi A.Xodjayev. — Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi Farmoni asosida qabul qilingan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish bo‘yicha vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan targ‘ibot tadbirlari nazarda tutuvchi hamda 587 ta banddan iborat media-reja ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan».

Ta’kidlanishicha, har chorakda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston milliy matbuot markazida, shuningdek, hududlarda o‘tkaziladigan matbuot tadbirlari bo‘yicha alohida media-rejalar ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanmoqda.

«Masalan, shu yilning o‘tgan davri mobaynida Taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturi ijrosi yuzasidan birgina Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida 30 dan ortiq matbuot tadbiri tashkil etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ sifatida davlat organlari faoliyati, shu jumladan, Taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni qisqa muddatda ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarga yetkazishga harakat qilmoqda», — dedi AOKA rahbari.

Tadbirda, shuningdek, Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov «Taraqqiyot strategiyasi ijrosini ta’minlashda Parlament va jamoatchilik institutlarining o‘rnini oshirish» mavzusida, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov hamda Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muhammadiyev «Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni baholab borish mexanizmlarini yaratish» mavzusida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «Taraqqiyot strategiyasi ijrosi monitoringini amalga oshirishda raqamlashtirish jarayonini tashkil etish» mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi.

AOKA

Powered by GSpeech