Konstitutsiyaviy islohotlar zarurati: fikrlar, takliflar, mulohazalar

Joriy yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti (DHI) majlislar zalida mazkur Institut huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish: bugungi holat va istiqbollar” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu tadbirni Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, yuridik fanlar doktori, akademik Akmal Saidov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Xususan, amaldagi Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ishlab chiqiladigan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga takliflarni taqdim etish haqida aniq yo‘nalish va tavsiyalar berildi.

Onlayn va oflayn o‘tgan muloqotda yuridik fanlar doktori va professorlardan iborat taniqli ekspertlarning, jumladan Muvofiqlashtiruvchi kengash ilmiy yo‘nalishlari rahbarlari – DHI bo‘lim boshlig‘i Jo‘raboy Toshqulov, Oliy va o‘rta ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov, DHI bosh ilmiy xodimi Omonboy Oqyulov, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Foziljon Otaxonov, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i Mirzayusuf Rustambaev, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatillo Tillaboev, bundan tashqari Qoraqalpoq, Termiz, davlat universitetlari Yuridik fakultetlari dekanlari Yelizavetta Kutibaeva va Jumanazar Xolmo‘minov hamda boshqa yig‘ilish ishtrokchilarilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan qator takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.

 

Powered by GSpeech