2022 yil 9 iyun kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Konistitutsiyaviy islohotlar: Ilmiy hamjamiyat nigohida” mavzusida ilmiy-amaliy muhokama bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi, akademik, yuridik fanlari doktori, professor Akmal Saidov, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali, TDYu qoshidagi akademik litseyi, Yuristlar malakasini oshirish markazi vakillari, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari direktorlari, TDYu rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Memorandumning maqsadi ilmiy va madaniy aloqalarni o‘rnatish, axborot-kutubxona resurlaridan foydalanish uchun shart sharoitlar yaratish va tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, tomonlarga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarishni ta’minlashning huquqiy asosini yaratishdan iborat bo‘lib, Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim tizimi sohasida kadrlarni tayyorlash va ularni malakasini oshirishga oid seminarlar va taqdimotlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 09.06.2022
- Ko'rishlar: 3344
- Chop etish