Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Barqaror rivojlanish markazi bilan hamkorlikda davra suhbatlari tashkil etildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Barqaror rivojlanish markazi bilan hamkorlikda “Konstitutsiyaviy islohotlar maqsadi – inson huquqlari himoyasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish: bugungi holat va istiqbollar”, “Konstitutsiyaviy islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlari: taklif va tavsiyalar”, “Konstitutsiyaviy islohotlar: ilmiy hamjamiyat nigohida” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

 Ushbu tadbirlar yakunida tushgan takliflar umumlashtirilib, Konstitutsiyaviy komissiyaga kiritildi.

Shunigdek, konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha rivojlangan xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro fikr almashish, ularning Konstitutsiya qabul qilish, o‘zgartish jarayonidagi tajribasini o‘rganish maqsadida turli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bu mening Konstitutsiyam

 

Powered by GSpeech