Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

O‘ZBEKISTON BILAN IQTISODIY DIPLOMATIYA SOHASIDA ALOQALARNI RIVOJLANTIRISHDAN MANFAATDORMIZ

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan Yevropa davlatlarining mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va vakillari uchun poytaxtimizdagi Yashnobod tumanida joylashgan “TEXNOPARK" MChJga tanishuv tashrifi uyushtirildi.

Tashrifdan maqsad keyingi yillarda yurtimizda iqtisodiy o‘sishga, avvalo, rakobatdosh sanoat zanjirlarini yaratishga e’tibor qaratilayotgani, xususan, bunga yaqqol misol tariqasida poytaxtimizdagi “TEXNOPARK” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishishga karatilgan.

Dunyo nigohi

Mamlakatimizning ShHTga raisligi doirasida tashkil etilgan tadbirda respublikamizda iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari qatorida sanoat salohiyatini rivojlantirish, bu borada jahonning ilg‘or texnologiyalari va “nou-xau”larini jalb qilgan holda yuksaltirish muhim ekanligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan asos solingan ushbu sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta loyiha yo‘lga ko‘yilgan. Bugungi kunda shundan 13 tasi ishga tushirilgan bo‘lib, elektron gaz hisoblagich, muzlatkich, sanoat konditsionerlari va sovitish tizimlari, lift va eskalatorlar, suv nasoslari, eshik va deraza romlari uchun aksessuarlar yasalmokda.

Bu tovarlar xorijiy brendlar nomida va ularning nazorati ostida tayyorlanishi bois xaridorgir. Sifat va narx mutanosibligi bilan xorijiy mamlakatlar bozoridan ham o‘rin egallayapti.

Diplomatik korpus vakillari majmuada yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholagan holda, Yevropa davlatlari texnoparklari o‘rtasida amaliy, ilmiy va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish muhimligini alohida qayd etdilar. Tomonlarni qiziqtirgan sohalarida istikbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi.

 Agostino PINNA,

Italiyaning O‘zbekistondagi Favkulodda va muxtor elchisi:

— Oxirgi ikki yilda “TEXNOPARK” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishib kelmoqdaman. Majmuada zamonaviy ishlab chiqarishning mukammal tizimi yaratilgan. Bu yerda Italiya loyihalari asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni alohida ta’qidlagan bo‘lardim. Jumladan, bugungi kunda Italiyaning “Pietro Fiorentini”, “Euro Impiantini”, “Motan” kompaniyalari bilan hamkorlikda ko‘plab mahsulotlar muvaffaqiyatli tarzda keng iste’molga yo‘naltirilmoqda. Ulardan biri zamonaviy gaz hisoblagichlaridir.

Tashrif davomida gaz hisoblagich ishlab chiqarish korxonasida ham bo‘ldik. Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 3,5 million dona mahsulotni tashkil etadi. Ishonchim komil, O‘zbekiston bu kabi yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali Yevropa bozoriga eksport xajmini yanada oshiradi.

Tilo KLINNER,

Germaniyaning O‘zbekistondagi Favkulodda va muxtor elchisi:

— Aytishim kerakki, yurtingizdagi ushbu loyiha menda katta taassurot uyg‘otdi. Asosiysi, nemis kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda juda ko‘p imkoniyat yaratadi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yanada yuksaltirish uchun yana ko‘plab istiqbolli loyihalarga turtki beradi.

Tashrif davomida maishiy texnikalar, hisoblagichlar, isitish, sovitish va boshqa tizimlar, quyosh panellari loyihalari bilan tanishdim. Chunki mazkur sohalar Germaniya uchun ham juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, quyosh panellarini maishiy texnikalarga bog‘lash juda yaxshi g‘oyadir.

Germaniya energiya samaradorligini oshirish, ekologiyaga zararli chiqindilarni kamaytirishda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga, nemis tadbirkorlari esa o‘zbekistonlik biznes vakillari bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Sharlott ADRIAN,

Yevropa Ittifokining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi:

— “TEXNOPARK" MChJga ilk bor tashrif buyurishim. Bu yerdagi yuqori sifatli ishlab chiqarish jarayoni, ko‘plab ish o‘rinlari yaratilgani meni hayratga soldi. Biz Yevropa Ittifoki davlatlari vakillari ushbu tanishuv tashrifidan juda mamnun bo‘dsik. Xususan, Italiya hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdik. Bu borada tovarlarning Vengriya va Ruminiya kabi davlatlarga eksport kslinayotgani alohida ahamiyatga ega.

Yevropa mamlakatlarining O‘zbekistozdagi ushbu yirik ishlab chikdrish markazidagi ishtiroki, u xoh qo‘shma loyiha bo‘lsin, xoh eksport bozori bo‘lsin, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlag‘pirishga munosib xissasini qo‘shadi.

Oreliya BUSHEZ,

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favhulodda va muxtor elchisi:

— Bunday zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi yangi O‘zbekistonning sanoatni rivojlantirishga qay darajada ustuvor ahamiyat qaratayotganini yorqin ifodalaydi. Chunki sanoat ko‘plab insonlar uchun ish o‘rinlari yaratish va mahsulotlarni eksport qilishga keng imkoniyat beradi. Bu yerda nafaqat innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarilishi, balki dunyoning turli mintaqalaridagi xorijiy mamlakatlarning qator kompaniyalari bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani tahsinga loyiq.

Tez orada majmuada Fransiyaning “Suez” kompaniyasi bilan ko‘shma loyiha yo‘lga qo‘yilishi kutilmokda. Ushbu korxona eng so‘nggi texnologiyalardan foydalangan holda suvni o‘lchash, hisoblash tizimi, suv iste’molini nazorat qilish imkonini beradigan raqamli tizim ustida faoliyat yuritadi. Bu ikki mamlakat o‘rtasida sanoat sohasidagi hamkorlik, xususan, iqtisodiy diplomatiyaning jadal sur’atlarda rivojlanayotganiga aniq misol bo‘la oladi.

Yevropa mamlakatlari elchilarining bugungi tashrifi va tashabbuslari xorijiy hamkorlarning O‘zbekiston bilan iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishda yelkama-yelka turishga tayyorligidan dalolat beradi.

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati.

 

Powered by GSpeech