Konstitutsiyaviy islohotlar xalqaro hamjamiyatni qiziqtirmoqda — YeXHT O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha takliflar berdi

Bu haqda Oliy Majlis palatalari Kengashlarining navbatdagi qo‘shma majlisida Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov ma’lum qildi:

 «Men xorijdagi ko‘zga ko‘ringan arboblardan ikkitasining fikrini aytmoqchi edim. Birinchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar o‘z vaqtida o‘tkazilayotganini, bu borada mamlakatni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.

 Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huhuqlari bo‘yicha byurosi uzoq muddatli missiyasi rahbari Ouen Myorfi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida uchrashuv bo‘ldi. Muloqot davomida xorijiy delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirishdi.

Shu yerda bitta narsani aytib o‘tib ketay. YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi ikkita taklifni ilgari surmoqda.

  • Birinchisi, prezidentlik yoki deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda qo‘yilgan talablarrespublika hududida muayyan muddat yashagani hamda til bilishiga oid talablarni olib tashlashimizni, bu cheklov ekanini
  • Ikkinchisi, muomala layoqati cheklanganlarga, ya’ni aqli norasolarga ham saylash huquqini berishimizni so‘rashmoqda.

Biz keyingi muhokamalarimizda bu takliflarlarga ham e’tibor bersak juda yaxshi bo‘lardi».

Rasmiy xabarlar

Powered by GSpeech