Qochoqlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar huquqlarini himoya qilish mavzusi muhokama etildi

2022 yil 27 iyun kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov AQSh Davlat departamentining Qochoqlar ishlari bo‘yicha mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Rene Larivere va BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori o‘rinbosari Dumitru Lipkan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qochoqlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muloqot asnosida R. Larivere O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi. Xususan, fuqarosizlikni kamaytirish borasidagi amaliy ishlarni e’tirof etdi.

AQSh Davlat departamenti vakili O‘zbekistonning qurolli nizolar hududlaridan o‘z fuqarolarini vatanga qaytarish bo‘yicha tajribasini ijobiy baholadi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech