Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Parlamentlararo Ittifoqining vitse-prezidenti, Parlamentlararo Ittifoqining ijroiya qo‘mitasi a’zosi A.Saidov Parlamentlararo Ittifoqning Gender hamkorlik bo‘yicha guruhi tomonidan Nigeriyada tashkil etilgan videokonferensiya shaklidagi vebinarda ishtirok etdi.
Mazkur tadbirning kun tartibida davlat boshqaruvi organlari hamda bevosita parlament faoliyatida ayollarning o‘rni va nufuzini oshirish masalasi atroflicha muhokama qilindi. A. Saidov ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar yuzasidan “Gender tenglikni ta’minlash: O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan xorijiy mamlakat parlamentlari vakillarini tanishtirdi.
Unda mamlakatimizda gender tenglik masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada boshqaruv sohasidagi ayollar sonining ortishi, so‘nggi kunlarda Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.
Vebinar davomida ishtirokchilar mazkur yo‘nalishda milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar haqida o‘zaro fikr almashib, xalqaro hamjamiyatda mamlakatlarning turli sohalarda gender tenglikni ta’minlash masalasi yuzasidan istiqboldagi parlamentlararo platformalarda o‘zaro tajriba almashishga kelishib olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.
- Qo'shildi: 20.07.2022
- Ko'rishlar: 4668
- Chop etish