Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti o’z ishini boshladi

Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti o’z ishini boshladi. 

Toshkent sammitida BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 ta davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda.

Parlamentlararo Ittifoq va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamkorligida tashkil etilgan anjuman mavzusi “Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali ta’minlashda xavf-xatarlarni baholash”. 

Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu nufuzli anjuman ishtirokchilariga yo’llagan murojaatini Prezident matbuot kotibi Sh.Asadov o’qib eshittirdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti

 

Powered by GSpeech