Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlar) ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantlarni qabul qilish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tayanch doktoranturaga chet tili bo‘yicha imtihon joriy yil 16 noyabr soat 15.00 da, mutaxassislik bo‘yicha imtihon 18 noyabr soat 15.00 da Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi binosida (Islom Karimov ko‘chasi, 15) bo‘lib o‘tadi.
YouTube tarmog‘ida imtihonlar jarayonlarini onlayn efirda kuzatib borish imkoniyati ta’minlanadi.
- Qo'shildi: 11.11.2022
- Ko'rishlar: 4985
- Chop etish