Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Davlat Dumasi Raisi V. Volodin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turibdi.
- Mazkur tashrif chog‘ida mehmonlar poytaxtimizda joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyida ham bo‘lishdi.
Muzey 1996 yil 18 oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan barpo etilgan bo‘lib, undan Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan. - Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari Amir Temur va Temuriylar davriga oid boy ekspozitsiya bilan tanishdi. Buyuk ajdodlarimizning aql-zakovati, topqirligi va ijodkorligiga, mard va jasurligi hamda tadbirkorligiga oid eksponatlar ularda katta qiziqish o‘yg‘otdi.
- Mehmonlar madaniy merosni asrab-avaylash, uni yosh avlodga bezavol yetkazish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni yuqori baholadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti
- Qo'shildi: 29.11.2022
- Ko'rishlar: 4836
- Chop etish