Anjuman ishtirokchilariga Milliy markazning yangi kitoblari tarqatildi

2022 yil 13 dekabrda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida "G‘aybulla Salomov va o‘zbek tarjima maktabi" mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida o‘zbek tarjimashunosligi maktabi asoschisi G‘aybulla Salomov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan nashr etilgan yangi kitoblar taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist G‘ulom Mirzoning “Sallamno, Istiqlol! (G‘aybulloh as-Salom olamiga sayohat)” va Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Professor G‘aybulla Salomov 90 yilligi: ilmiy va ijodiy faoliyati” nomli kitoblar anjuman ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.

 

   Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

O‘zA 

Powered by GSpeech