«Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnalining 4-soni O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi va prezidentimiz tashabbusi bilan 5-6 dekabrda samarqandda o‘tkazilgan inson huquqlari sohasida ta’lim bo‘yicha global forumga bag‘ishlangan.
Oliy Majlis Senati raisi T.Norboeva va O‘zLiDEP Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining raisi A.Xaitovning maqolalarida mustaqil davlatimizning Asosiy qonuni bunyodkor xalqimizning eng ezgu orzu-niyatlari va maqsadlariga xizmat qilishi, inson qadri g‘oyasini mujassamlashtirgani o‘z ifodasini topgan.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori A.Saidov, Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisining o‘rinbosari D.Toshmuhamedova, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori D.Umarov, falsafa fanlari doktori K.Javakova, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti kafedrasi mudiri A.Abashidze va boshqalarning ilmiy maqolalarida Samarqandda o‘tkazilgan Inson huquqlari sohasida ta’lim bo‘yicha global forum Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlangani, bu masalalar oliy qadriyatga aylanganining amaliy ifodasi bo‘lishi ta’kidlangan.
Jurnalda, shuningdek «Jamiyat va huquq», «Xalqaro huquq va O‘zbe-kiston tajribasi» hamda boshqa ruknlarda ilmiy maqolalar e’lon qilingan.
O‘z muxbirimiz
- Qo'shildi: 22.12.2022
- Ko'rishlar: 4672
- Chop etish