2022 yil 15-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan BMT Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish qo‘mitasining 81-sessiyada Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaning bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Oltinchi davriy ma’ruzasi ko‘rib chiqilgan edi. Shu asosda BMT Qo‘mitasi O‘zbekistonning Oltinchi davriy ma’ruzasi borasidagi Yakuniy mulohazalarini taqdim etdi.
Ushbu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish belgilandi. Milliy harakatlar rejasi, ya’ni “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish uchun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan vazirlik, idora va tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh shakllantirildi.
Ishchi guruh a’zolari va xalqaro tashkilotlar ekspertlari takliflari asosida Milliy harakatlar rejasi loyihasi ishlab chiqildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan “2023-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Oltinchi davriy ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha BMT Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish qo‘mitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi” tasdiqlandi.
Milliy harakatlar rejasi 69 ta chora-tadbirni o‘z ichiga olgan. Ushbu tadbirlarni 2023-2025 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.01.2023
- Ko'rishlar: 5029
- Chop etish