Ilmiy tadqiqotlar natijasi muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
2022 yil 20 dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasida “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir” degan g‘oya ilgari surildi.

Davlatimiz rahbarining ushbu tashabbusi asosida 2023 yil 2 fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda ularning ilmiy rahbarlari ishtirokida ilmiy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy markaz doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarining 2022 yilda amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi.

Milliy markaz huzuridagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 14 nafar mustaqil tadqiqotchi va
7 nafar doktorant tahsil olmoqda.

Ilmiy seminar yakunida doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar:

  • ilmiy tadqiqotni amalga oshirish, maqolalar, tezislar yozish mahoratini oshirish bo‘yicha seminar-treninglarda ishtirok etish;
  • Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi tadbirlarida faol qatnashish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil qilish;
  • ixtisoslik hamda chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshirish;
  • dissertatsiya himoyasini belgilangan muddatdan kechiktirmasdan amalga oshirish;
  • Milliy markaz huzurida tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — «Inson huquqlari uyi» fondidagi ma’lumotlardan keng foydalanish kabi o‘zlari uchun muhim bir qator vazifalarni belgilab oldilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech