Marting CHUNGONG: O'zbekistonning dunyoga so'zlab beradigan o'z hikoyasi bor

Marting CHUNGONG, Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi:

— Men shunday muhim forumda qatnashayotganimdan juda xursandman.

Sir emas, Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro'yobga chiqarish juda katta siyosiy iroda, kuch-g'ayratni talab qiladi. O'zbekistonda bu borada davlat, parlament, jamoatchilik institutlari hamkorlikda ishlayotgani e'tiborni tortadi. Darvoqe, men kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdim. Shuningdek, Senat Raisi bilan suhbatlashdim. Parlamentlararo hamkorlikni izchil yo'lga qo'yishga ulkan hissa qo'shayotgani uchun Prezident Shavkat Mirziyoevga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Hamkasblarim O'zbekistonda aholi turmush darajasini yaxshilash, Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro'yobga chiqarish borasida juda katta ishlar amalga oshirilayotganini aytib bergan edi. Yurtingizga kelgach, bu gap haqiqat ekaniga yana bir bor ishonch hosil qildim. O'zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish, gender tengligi borasida ham salmoqli ishlar bajarilayotgani e'tiborga molik. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, O'zbekistonda gender tengligiga erishish, yoshlar muammolarini hal qilishda yaxshigina tajriba to'plangan. Forumda shu tajriba o'rganilmoqda, tahlil etilyapti. Zero, Barqaror rivojlanish maqsadlarini hayotga samarali tadbiq etish uchun biz global miqyosda parlamentlararo hamkorlikka ehtiyoj sezyapmiz.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonning dunyoga so'zlab beradigan o'z hikoyasi, ya'ni tajribasi bor. Bu forum shu hikoyani dunyo parlamentlari bilan baham ko'rishning eng yaxshi imkoniyatidir.

Manba: senat.uz

Powered by GSpeech