Mehnat kodeksiga ilmiy-amaliy sharh chop etildi

Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarining huquqiy asoslarini bilish barcha uchun muhim hisoblanadi.

2022 yil 28 oktyabrda qabul qilingan Mehnat kodeksida belgilangan qoida va normalarni amalda qo‘llash ularni keng tushuntirish, targ‘ib etishni taqozo qiladi.  

Shu maqsadda 3 jilddan iborat “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga ilmiy-amaliy sharh” kitobi amaldagi mehnat qonunchiligi asosida tayyorlandi.  

Kitob bandlik sohasi mutaxassislari, turli tashkilotlar rahbar va kadrlar bilan ishlash bo‘limi ma’sul xodimlari, huquq yo‘nalishidagi bakalavriat, magistratura, texnikum talaba va o‘quvchilari hamda tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

O‘zA

Powered by GSpeech