Migratsiya: O‘zgarayotgan dunyoda harakatlanishning yangi manzarasi (+video)

Globallashuv jarayoni chuqurlashgani sayin, migratsiya insoniyat uchun eng dolzarb ijtimoiy hodisalardan biriga aylanmoqda.

Bugungi kunda aholining salmoqli qismini qamrab olayotgan ichki va tashqi ko‘chish jarayoni faqat mehnat bozori emas, balki ijtimoiy barqarorlik, xavfsizlik, madaniy almashinuv va demografiya o‘zgarishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Yangicha iqtisodiy imkoniyat, iqlim o‘zgarishi, texnologiya rivoji va geosiyosiy keskinlik migratsiya oqimi xususiyatiga yanada murakkablik qo‘shmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasi ham ayni jarayondan chetda emas. So‘nggi yillarda mehnat migratsiyasi, ilmiy-akademik mobillik, ta’lim va turizm sezilarli darajada kuchaymoqda. O‘zbekistonning hududdan chiqib ketish yoki mamlakatga kirib kelish bilan bog‘liq migratsiya jarayonini boshqarishga qaratilgan institutsional siyosati bu borada muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz nafaqat mehnat muhojirlari uchun xavfsiz, tartibli tizim yaratish, balki mintaqaviy hamkorlik orqali umumiy yondashuvni shakllantirishga ham intilmoqda.

O‘zA muxbiri ayni mavzu doirasida Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Endryu Grey Jeremi bilan video intervyu tashkil qildi. Suhbat davomida sohaga doir zamonaviy tendensiyalar, mintaqaviy hamkorlik va davlatimizning global migratsiya tizimidagi o‘rni bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzaga chiqdi.

Musulmon Ziyo,

Doniyor Yoqubov (video), O‘zA

Powered by GSpeech