“Konstitutsiya – mening nigohimda” onlayn-tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Konstitutsiya – mening nigohimda” onlayn-tanlovi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan ushbu tanlovga navqiron ishtirokchilar 700 dan ziyod ijodiy ishlarini taqdim etdi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha quyidagilar sovrindorlar sifatida e’tirof etildi:

Birinchi o‘rin – Saidkomil Komiljonov, Namangan viloyati, Davlatobod tumani, 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi;

Ikkinchi o‘rin – Rajabbek Isxonbekov, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi;

Uchinchi o‘rin – Ulbosin Mambetmuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi.

Tanlov g‘oliblari sertifikat va qimmatli sovg‘alar, jumladan, planshet, telefon, smart-soatlar bilan taqdirlandi.

          Musobaqada faol ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlar ham sertifikat va kitoblar to‘plami sohiblariga aylandilar.

“Konstitutsiya – mening nigohimda” onlayn-tanlovi yoshlarning Asosiy qonunimiz mazmun-mohiyatidan yaxshi xabardor ekanini ko‘rsatdi. Eng muhimi, navqiron avlod vakillarining huquqiy bilimlarini oshirish va bu boradagi ko‘nikmalarini rivojlantirish istagi kuchli ekani yaqqol namoyon bo‘ldi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech