O'zbekiston shu kunlarda muhim siyosiy tadbir - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda

O'zbekiston shu kunlarda muhim siyosiy tadbir - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda

Shu munosabat bilan bugun Guliston shahrida “Prezident saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: O'zbekiston va xorij mamlakatlar tajribasi” mavzusida onlayn va oflayn shaklda xalqaro konferentsiya bo'lib o'tmoqda.

Mazkur konferentsiya O'zbekiston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha milliy markazi va Barqaror rivojlanish markazi va Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan.

Xalqaro konferentsiyada parlament, sud tizimi, Markaziy saylov komissiyasi, mamlakatning yetakchi ilmiy-tahliliy markazlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati instituti vakillari, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va Inson huquqlari bo'yicha Byurosi va Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etmoqda.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Powered by GSpeech