O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yil 4 iyun kuni “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigienasiga ko'maklashish asoslari to'g'risidagi 187-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni imzoladi.
Konventsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarishda shikastlanishlar, kasbiy kasalliklar va insonlar o'limining oldini olish uchun doimiy ravishda mehnat xavfsizligi va gigienasini takomillashtirishdan iborat.
Mazkur Konventsiya 2006 yil 15 iyunda Jeneva shahrida qabul qilingan. Bugungi kunda 49 ta davlat Konventsiya ishtirokchisi hisoblanadi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
Matbuot xizmati
- Qo'shildi: 07.06.2021
- Ko'rishlar: 4181
- Chop etish