Parlamentlararo Ittifoqning 142-Assambleyasi o'z ishini boshladi

Bugun Parlamentlararo Ittifoqning 142-Assambleyasi o'z ishini onlayn shaklda boshladi. Ushbu yig'ilish “Pandemiyani bugungi kunda yengib o'tish va ertangi kunni yaxshiroq qurish: parlamentlarning o'rni” mavzusiga bag'ishlandi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillari ham qatnashmoqda.

Ta'kidlash joiz, Parlamentlararo Ittifoqqa 179 ta davlatning parlamenti a'zo.

Mazkur Assambleya 28 mayga qadar o'z ishini davom ettiradi.

Manba: lpri.uz

Powered by GSpeech