Voyaga yetmagan ayblanuvchi huquqlarini himoya qilish muammolari

Yangi O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan va 2017 yilda tasdiqlangan Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida boshqa sohalar qatori huquq ustuvorligi va fuqarolar, jumladan, bolalar huquqlarini ta'minlash va muhofaza qilish sohasida izchil yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov tizimini tubdan isloh qilishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston qo'shilgan xalqaro shartnomalar normalari muhim dasturilamal bo'lmoqda.

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bosh mutaxassisi Yaroslav Kvitkovning O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Axborotnomasining 2019 yil 4-sonida e'lon qilingan "Ishni sudga qadar yuritishda voyaga yetmagan ayblanuvchining huquqlarini himoya qilish kafolatlarining jinoyat-protsessual jihatlari" sarlavhali maqolasida shu haqda so'z yuritiladi. Maqola O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori, yuridik fanlar doktori Alimjon Matchonov bilan hammualliflikda yozilgan.

Mualliflar ishni sudga qadar yuritishda voyaga yetmagan ayblanuvchi huquqlarini himoya qilishning qonunlar va qonunosti hujjatlarda belgilangan o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan. Maqolada tergovchi va surishtiruvchi tomonidan tergov faoliyatida voyaga yetmagan ayblanuvchining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlanishi mexanizmi atroflicha ko'rib chiqilgan.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech