Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlanadi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan joriy yil 10-11 dekabr kunlari Toshkentda “Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Onlayn va oflayn shakldagi anjuman milliy hamda xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda.

Ushbu xalqaro konferensiya Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 25 yilligi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi hamda Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlanadi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta hissa qo‘shgan fuqarolar va tashkilotlarga “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshiriladi.

Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilganligining 25 yilligi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Milliy markaz tomonidan e’lon qilingan “Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim” respublika tanlovi yakunlanadi.Tanlov g‘oliblari e’lon qilinadi va taqdirlanadi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech