O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov nomiga Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi va Shvetsiyaning YeXHTdagi doimiy vakili Ulrika Funered nomidan minnatdorchilik maktubi keldi.
Maktubda joriy yil 26-27 aprel kunlari YeXHTning insoniylik mezonlari bo'yicha Qo'shimcha kengashi yakunlari doirasida bo'lib o'tgan “Demokratik qonun ijodkorligi: tomonlar ishtirokini ta'minlash” mavzuidagi onlayn yig'ilishda ishtirok etgani uchun A.Saidovga minnatdorchilik bildirilgan. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori ushbu Kengashning ikkinchi ishchi yig'ilishida ishtirok etgan va so'zga chiqqandi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
Matbuot xizmati
- Qo'shildi: 07.06.2021
- Ko'rishlar: 3849
- Chop etish