Malayziyaning Bola huquqlari bo‘yicha vakili – Milliy markaz mehmoni

22 oktabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o‘rinbosari Dilnoza Muratova Malayziya Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining (SUHAKAM) Bola huquqlari bo‘yicha vakili Nur Azia Moxd Aval bilan mazkur xorijiy tashkilot iltimosiga binoan uchrashdi.

Uchrashuvda inson huquqlari sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Tomonlar bola huquqlarini ta’minlash sohasida erishilgan yutuqlarni ham muhokama qildilar.

Malayziyaning Bola huquqlari bo‘yicha vakili qabul uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonda kuni kecha bo‘lib o‘tgan saylov demokratiya va muqobillik asosida, qonuniy va adolatli, ochiq va oshkora ruhda tashkil etilishi yo‘lida ulkan amaliy ishlar qilinganini e’tirof etdi. Natijada fuqarolarning saylov borasidagi konstitutsiyaviy huquqlari to‘la ta’minlanganiga yuqori baho berdi.

Nur Azia Moxd Aval kelgusida bola huquqlarini ta’minlash va uzluksiz inklyuziv ta’limdan foydalanish sohalaridagi amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.

Shuningdek, qo‘shma onlayn-tadbirlar, ikki tomonlama ilg‘or tajriba almashuvlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi tashabbuslarni amalga oshirish borasida hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan o‘zaro fikrlashib olindi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

 

Powered by GSpeech