24 oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi tomonidan tashkil etilgan telemarafonda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirok etdi.
A.Saidov saylovning xususiyatlari haqida o‘zbek va rus tillarida atroflicha intervyu berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha saylovda ishtirok etganlar 16 million 36 ming 914 nafarni yoki 80,8 foizni tashkil etmoqda.
25 oktyabr kuni soat 16:00da bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinadi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 25.10.2021
- Ko'rishlar: 3429
- Chop etish