Amira al-Xassan: Forum yakunlari odamlar hayotini yaxshilashga qaratilgan umumiy maqsadlar yo'lida muhim voqea bo'ladi

Amira al-Xassan, Fors ko'rfazi arab davlatlaridagi BMTning aholi punktlari dasturining mintaqaviy byurosi (UN HABITAT) rahbari:

— Ushbu tadbirda ishtirok etishimning asosiy maqsadi – Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo'yicha O'zbekiston tajribasi bilan tanishish, fikr almashish, 2030 yilgacha o'zlari uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilab olgan mamlakatlar uchun aniq universal tavsiyalar ishlab chiqishdir. Bundan tashqari, forumda BRMga erishish bo'yicha bizning aholi punktlari dasturimizning asosiy yondashuvlari, birinchi navbatdagi maqsadlari va ularga erishish yo'llarini taqdim etishni rejalashtirmoqdaman.

Bu mening O'zbekistonda birinchi marta bo'lishim, bu yerda mamlakat hozirgi bosqichda qanday ildam rivojlanib borayotganini ko'ryapman. Mamlakat Hukumatining “aqlli shaharlar”ni rivojlantirishga, aholining turmush darajasi bilan bog'liq barcha sohalarni izchil isloh qilishga intilishi meni hayratda qoldirdi.

Men O'zbekistonning hozirgi taraqqiyoti bilan tanishtirgan, milliy parlament global maqsadlarga erishishga qanday ko'maklashayotgani haqida so'zlab bergan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaevadan minnatdorman. Forumdan umidlarim juda katta, chunki undagi mavzular mutaxassislarning keng jalb qilinishini hamda samarali tajriba almashishni nazarda tutadi. Forum tashkilotchilari va ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilayman. Ishonchim komilki, uning natijalari odamlar hayotini yaxshilashdek umumiy maqsadlar yo'lida muhim voqea bo'ladi.

Manba: senat.uz

Powered by GSpeech