BMT Maxsus ma’ruzachisi – Farg‘ona vodiysida

2021 yil 4 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn Farg‘ona vodiysiga safar qildi.

BMT Maxsus ma’ruzachisi dastlab Namangan viloyatidagi 6-son jazoni o‘tash koloniyasida bo‘ldi. Bu yerda mo‘tabar mehmon koloniya rahbariyati va xizmatchilari, shifokorlar hamda bir nechta mahkum bilan yuz-yuz suhbatlashdi.

Shu kuni F.Ni Aolayn Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari porkuratura hamda ichki ishlar organlari tergovchilari, shuningdek, mazkur viloyatlarning jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech