2021 yil 6 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn mamlakatimizdagi diniy konfessiyalar vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tdi.
Do‘stona va ishchan muhitda o‘tgan muloqotda mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash, millatlar va dinlararo hamjihatlikni rivojlantirish borasida erishilgan natijalar haqida fikr yuritildi. O‘zbekistonning bu boradagi yutuqlaridan xalqaro jamoatchilikni keng xabardor etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 07.12.2021
- Ko'rishlar: 3193
- Chop etish