2021 yil 3 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tashrif buyurdi.
Bu yerda BMT Maxsus ma’ruzachisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva bilan uchrashdi.
F.Ni Aolaynning tashrif dasturidagi uchrashuvlar shanba va yakshanba kunlari ham davom etadi. Mo‘tabar mehmon Farg‘ona vodiysi va Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 03.12.2021
- Ko'rishlar: 3244
- Chop etish