BMTning O'zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi bilan uchrashuv

17 iyul` kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov BMTning O'zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzer bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida BMTning O'zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi H.Freyzerning missiyasi tugashi munosabati bilan o'zaro hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi.

Tomonlar samarali hamkorlik davrida O'zbekiston Respublikasi erishgan natijalar haqida so'z yuritdilar.

BMTning O'zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi H.Freyzer mamlakatda amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlarga yuqori baho berar ekan, inson huquqlarini ta'minlash sohasidagi yutuqlarni alohida ta'kidladi. Xususan, H.Freyzerning so'zlariga qaraganda, keyingi yillarda O'zbekiston hayotning turli yo'nalishlarida, ayniqsa, BMTning barcha tuzilmalari bilan o'zaro hamkorlikni kuchaytirish sohasida ulkan odimlar qo'ymoqda.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech