Brayl alifbosidagi yangi nashrlar ko'zi ojiz yurtdoshlarimizga qo'l kelmoqda

Ushbu fikrlar O'zbekiston Nogironlar jamiyati Markaziy boshqaruvi raisi K.Abdullaev nomidan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markaziga kelgan maktubda bayon etilgan. Shuningdek, xatda O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va 2020 yil 15 oktyabrda qabul qilingan “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining Brayl alifbosida chop etilgan yangi nashrlari O'zbekiston Nogironlar jamiyati kutubxonasiga beg'araz asosda taqdim etilgani uchun minnatdorchilik bildirilgan.

Ma'lumot uchun: mazkur nashrlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirish doirasida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan YEXHTning O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ko'magi bilan chop etilgan.

Ushbu kitoblarning yaqinda tashkil etilgan taqdimotida parlament a'zolari, nogironligi bo'lgan shaxslar muammolari bilan shug'ullanadigan tashkilotlar, davlat organlari, ta'lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar elchixonalari vakillari ishtirok etgandi.

Taqdimotda ta'kidlanganidek, yangi nashrlar mamlakatimizda nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash va amalga oshirishga xizmat qiladi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech