“Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” – ushbu g'oya jurnalning davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangn 2-soni bosh mavzusiga aylangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi M-U.Abdusalomov, O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Q.Abdurahmonov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi A.Rashidbekov, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirining birinchi o'rinbosari G.Marufova va boshqalarning ilmiy maqolalarida mamlakatimizda mustaqillik yillarida siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda erishilgan tarixiy natijalar, ayniqsa inson huquqlari, erkinliklari va asosiy manfaatlarining kafolatli ta'minlanishi chuqur tahlil etilgan.
Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz direktori, akademik A.Saidov, Rossiyaning Inson huquqlari bo'yicha vakili T.Moskal`kova, Bosh prokuratura akademiyasining professori F.Raximov, O'zbekiston Respublikasining Jenevadagi BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili U.Lapasov, Markaziy saylov komissiyasining doimiy a'zosi G.Raximova va boshqalarning maqolalarida mamlakatimizda mustaqillik yillarida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini kafolatli himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning samaralari ochib berilgan.
Mualliflar, ayniqsa keyingi yillarda Prezidentimizning ushbu sohadagi tashabbuslarining xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo'lab-quvvatlanayotganligi, buning amaliy ifodasi sifatida O'zbekistonning tarixda birinchi marta jahonda eng nufuzli xalqaro tashkilot – BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zo etib saylanishining ahamiyatini ta'kidlashgan.
Jurnalda, shuningdek parlament faoliyatini takomillashtirish, sud islohotlari, gender tengligi, yoshlar huquqlarining kafolatlari, so'z va matbuot erkinligi va boshqa mavzulardagi ilmiy maqolalar e'lon qilingan.
Erkin ERNAZAROV,
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist
- Qo'shildi: 11.06.2021
- Ko'rishlar: 3988
- Chop etish