DIQQAT DIQQAT "Bolalarga bering dunyoni" onlayn tanlovining g‘oliblari aniqlandi!

Xabaringiz bor, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi hamkorlikda “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida “20-noyabr Butun jahon bolalar kuni”ga bag‘ishlangan online tanlov e'lon qilgan edi.

 

Ushbu  tanlovga o'quvchi-yoshlar tomonidan jo'natilgan  500 dan ortiq ijodiy ishlar orasidan mutloq g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Eng ta’sirli tayyorlangan “Bola huquqlari”ga oid videorolik yo'nalishi bo'yicha:

1-o'rin: Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garagi a'zosi Nzamatdinov Beksultan;

2-o'rin: Toshkent  viloyati Nurafshon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garagi a'zosi Alisherova Kumush;

3-o'rin: Andijon viloyati Qo'rgontepa tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garagi a'zosi Soipov Azizbek.

Eng ma’noli chizilgan “Bola huquqlari”ga oid rasm yo'nalishi bo'yicha:

1-o'rin: Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garagi a'zosi Allanova Gulasen;

2-o'rin: Namangan viloyati Pop tumani 38-son maktabning 6-sinf o'quvchisi Alijonova Asalxon;

3-o'rin: Navoiy viloyati Uchquduq tumani 9-son maktabning 7-sinf o'quvchisi Amandikova Aru.

Barcha yo'nalishlar bo'yicha g'oliblar,

1-o'rin: Planshet

2-o'rin: Telefon

3-o'rin: smartwatch sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan o'quvchilar sertifikat hamda kitoblar to'plami sohibiga aylanadilar.

G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

 

Powered by GSpeech