DIQQAT TANLOV!

«Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim»

tanlovi

 

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilganligining 25 yilligi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi infografika;
  • Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
  • Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;
  • Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola.

Ushbu tanlovning maqsadi inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek mamlakat aholisi o‘rtasida inson huquqlari madaniyatini rivojlantirishdir.

Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga 202 yil 1 dekabrdan konkurs2021@nhrc.uz elektron manziliga kechiktirmasdan jo‘natishingiz lozim.

G‘oliblar Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadilar.

Powered by GSpeech