Eng ko‘p aholi qaysi hududda yashaydi?

Ma’lumki, yurtimizda 2026 yil 15 yanvar-28 fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Bu mamlakatimizdagi har bir fuqaro va xo‘jalik haqida aniq ma’lumot to‘plash, kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rejalarni belgilashda muhim qadam hisoblanadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 069 116 kishini tashkil etmoqda.

Hududlar kesimida doimiy aholi soniga ahamiyat beradigan bo‘lsak, Samarqandda 4 360 070, Farg‘onada 4 204 284, Qashqadaryoda 3 697 658, Andijonda 3 507 220, Toshkent shahrida 3 164 030, Namanganda 3 177 070, Toshkent viloyatida 3 148 569, Surxondaryoda 2 994 070, Buxoroda 2 099 069, Xorazmda 2 059 078, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 046 890, Jizzaxda 1 559 883, Navoiyda 1 108 595, Sirdaryo viloyatida 942 630 nafar fuqaro yashaydi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Powered by GSpeech