FAXRLI MUKOFOT MUBORAK BO‘LSIN

“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Erkin Ernazarov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Mukofot ustoz jurnalistning mamlakatimiz rivoji yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati hamda 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taqdim etildi.

 Faxriy yorliq, Markazning ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alarni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatilla Tillabaev tantanali tarzda topshirdi.

Fursatdan foydalanib, ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan fidoyi jurnalist – Erkin Ernazarovni ushbu faxrli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz. Ustozga mustahkam sihat-salomatlik, xonadonlariga qut-baraka, keyingi faoliyatlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

“Demokratlashtirish va inson huquqlari”

jurnali tahririyati jamoasi

Powered by GSpeech